Kommunikatsiya, Media amaliyot va PR

Ismingiz: Zafar Xalliyev                                  

Qanday yo‘nalish bo‘yicha tahsil olmoqdasiz: Kommunikatsiya, Media amaliyot va PR

Qayerdansiz: Toshkent, Ozbekiston

Student smiling

Siz nima uchun Suonsi Universitetida o‘qishga qaror qildingiz?

Avvalo, men oquv kursning dasturiga qiziqdim; menimcha, bu noyob dastur. Odatda, oquv dasturimning tarkibiy qismlari alohida dasturlar doirasida o‘rganiladi, ammo Suonsi Universitetidagi zamonaviy raqamli dunyoning uchta asosiy elementlari, ya’ni, Kommunikatsiya, Media amaliyot va Jamoatchilik bilan aloqalar (PR) bir oquv dastur doirasida o’rganiladi. Bunday kombinatsiyani nafaqat Buyuk Britaniyada, balki butun Yevropada ham topish qiyin.

Yo‘nalishingizning qaysi jihatlari sizga ko‘proq yoqadi?

Men o‘z yo‘nalishimning barcha o‘quv modullaridan zavqlanmoqdaman. Ular mening kasbiy faoliyatimga to‘g‘ri keladi. Amaliy bilimlarni olish imkoniyatlari bu dasturni yanada ahamiyatli qiladi. Umuman olganda, yuqori amaliyot bilan chuqur nazariyaning kombinatsiyasi ularga oziga xoslik va jozibadorlikni beradi.

O‘qituvchilar bilan munosabatlarni qanday yo‘lga qo‘ygansiz? Ular sizni qo‘llab-quvvatlashi va sizga yordam berishiga baho bering.

Fakultetimiz ma’ruzachilari menda katta taassurot qoldirdi. Ular barcha talabalarga nafaqat akademik muammolarni yechishda yordam beradigan, balki boshqa muammolarda ham ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lgan ochiq kongil va yuqori malakali, xalqaro darajadagi mutaxassislar va professionallar guruhidir.

Siz o‘quv dasturingiz qanchalik moslashuvchan deb bilasiz? Sizning sevimli modullaringiz bormi?

‘PR, Brand va Promotion’ o‘quv moduli meni juda qiziqtirdi. Ushbu modul menga brendni targ‘ib qilish va tijorat kompaniyalari va davlat tashkilotlarining imidjini yaratish imkoniyatlari togrisida keng ma’lumot berdi.

Karyerangizni qurishda yordam beruvchi xizmatlar guruhidan foydalandingizmi va kelgusidagi talabalarga ushbu xizmatdan foydalanish bo‘yicha qanday maslahat berasiz?

Garchi men shaxsan o‘zim ushbu xizmatlardan foydalanmagan bo‘lsam-da, menimcha, bu noyob ishga ega bolish va amalda universitetda olgan barcha bilimlaringizni namoyish etishga katta imkoniyatdir.

San’at, ijtimoiy va gumanitar fanlar fakultetida tahsil olayotganda qanday ko‘nikmalarga ega bo‘ldingiz va ular karyerangizda sizga qanday yordam beradi?

Oquv dasturi doirasida olgan barcha bilimlar, ayniqsa samarali reklama kampaniyasini yaratish, brendni targib qilish va imidj yaratish bo‘yicha olingan amaliy ko‘nikmalar men ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining asosiy vazifalari bilan chambarchas bogliq.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi axborot sohasidagi yagona davlat siyosatining ijrosini taʼminlaydi, davlat ommaviy axborot vositalarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiradi, mass-media va Agentlik o‘rtasida metodik hamkorlikni amalga oshiradi, O‘zbekiston Respublikasining mamlakatda va xorijda nufuzini oshirishga qaratilgan siyosatni ilgari surishga ko‘maklashadi.

Shu nuqtai nazardan, barcha amaliy va nazariy bilimlar jamoamizning muvaffaqiyatli aloqa, OAV va PR bilan bog‘liq masalalarda qo‘llab-quvvatlashga imkon beradi.

Siz biron bir jamiyatning a’zosimisiz? Siz boshqa imkoniyatlardan foydalanganmisiz?

Birinchi semestr turli vazifalar va o‘quv materiallari tomonidan juda ko‘p yuklanganligi bois, afsuski, biron bir jamiyatga a’zo bolish imkonyati bo‘lmadi. Biroq, men Suonsi Universitetining ozbekistonlik talabalar jamoasini yaratish uchun vatandoshlarimni qo‘llab-quvvatlashda faol qatnashib kelmoqdaman.

Universitetdagi sport inshootlariga munosabatingiz?

Men o‘zim sog‘lom turmush tarzi tarafdoriman va sport mening hayotimda alohida o‘rin tutadi. Men har doim orta va uzoq masofalarga yugurish boyicha musoboqalarda ishtirok etishga harakat qilaman. Universitetdagi sport inshootlari va jihozlari meni doimo sport formasida ushlab turishda yo’rdam beradi. Bu talabalar uchun, ayniqsa, topshiriqlar ustida ishlash va imtihonlarga tayyorgarlik ko'rish jarayonida muhim ahamiyatga ega.

Sizning o‘quv dasturingizda uchta asosiy narsa nima?

Kommunikatsiya, Media amaliyot va PR – menimcha, global raqamli dunyoning muhim komponentlarining noyob birligi mening oquv dasturimning uchta asosiy elementlaridir.

Suonsidagi hayot va o‘qishning uchta asosiy narsalari nimadan iborat? Bu universitet, shahar yoki hudud bo‘lishi mumkin.

Mahalliy muhit, Janubiy Uelsning betakror tabiati, universitetning ajoyib shaharchasi (campusi) va bu yerda istiqomat qiladigan odamlar menga juda yoqdi.

Sizning davlatingizdan hujjat topshirishni rejalashtirganlarga nimalarni tavsiya etasiz?

Agar siz dunyodagi yetakchi universitetlardan birida ta’lim olishni istasangiz, xalqaro tajribaga ega bo‘lishni xohlasangiz, shuningdek, Janubiy Uelsning ajoyib tabiati bilan zavqlanmoqchi bo‘lsangiz Suonsi Universiteti bu siz uchun. Bundan tashqari, men vatandoshlarimni ‘El-Yurt Umidi’ Jamg‘armasi imkoniyatlaridan keng foydalanishni tavsiya qilaman, chunki bu ‘Yangi O‘zbekistonning’ yo‘shlari uchun duyoning nufuzli xalqaro universitetlarida ta’lim olishga ajoyib imkoniyatdir.